“Global o‘zgarishlar davrida Sharq ayoli: anʼana va innovatsiya muvozanati”


876     01.05.2026

Markaziy kengashda O‘quv, tadqiqot va tahlil markazi tomonidan ana shu mavzuda o‘quv-seminar tashkil etildi. Tezkor o‘zgarishlar zamonida Sharq ayolining jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish, uning anʼanaviy qadriyatlarni asrab-avaylash bilan bir qatorda zamonaviy innovatsion jarayonlarda faol ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan tadbir mehmoni “Sharq ayoli” xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi asoschisi va raisi Saodat Tursunbayeva bo‘ldi.

Fond rahbari tadbir ishtirokchilarini “Sharq ayoli”ning tashkil topganidan to bugungi kunigacha bo‘lgan faoliyati bilan tanishtirib, fond o‘z nomiga munosib tarzda xotin-qizlarni xalqaro doirada ham har jihatdan qo‘llab-quvvatlayotganini taʼkidladi. Ayniqsa, fondning ayollarni raqamli dunyoda ishlash ko‘nikmalarini oshirish borasidagi faoliyati samarali kechmoqda. O‘quv-seminarda ana shulardan kelib chiqib, xotin-qizlarning taʼlim, ilm-fan, siyosat va jamoat boshqaruvidagi ishtirokini yana-da kengaytirish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi ilg‘or tajribalar muhokama qilindi. Bu boradagi savollarga javob qaytarildi.