So‘xda “og‘ir hududlar” dasturi ijrosi


674     01.05.2026

Farg‘onaning So‘x tumaniga safar qilgan Sayyora Jumayeva hokim bilan uchrashib, “og‘ir hududlar” dasturi doirasida ajratilgan mablag‘larning manzilli va maqsadli sarflanishi masalalarini muhokama qildi. Qayd etilishicha, 60 mlrd so‘mlik loyiha doirasida ko‘chalarni obodonlashtirish, dam olish maskanlarini yaratish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va ziyoratgohlarni tartibga keltirish ishlari rejalashtirilgan. Tumanda xotin-qizlar bandligini taʼminlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Yangi mini-stadion ochilish marosimida ishtirok etgan deputat tez orada so‘xlik yoshlar orasidan ham chempionlar chiqishiga ishonch bildirildi.