669 01.05.2026
Jumanazar Otajonov mahalliy deputatlar hamrohligida Xiva tumanidagi maktablarda yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Voyaga yetmaganlar o‘rtasida profilaktik ishlar bilan tanishgani bejiz emas. O‘tgan yilda respublikamizda Voyaga yetmaganlar tomonidan 3 266 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, bu jami jinoyatlarning 2,1 foizini tashkil etadi. “Albatta, jinoyatning bittasi ham ko‘p. Ayniqsa, u Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa”, – deydi deputat.
Fraksiya aʼzosi Voyaga yetmaganlar jinoyati ildizi haqida gapirib, bu maktab, oila, mahalla va huquq organlari o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmayotgani, oilaviy nazoratning sustligi, tarbiyaviy ishlar yetarli emasligi, nazoratsiz bo‘sh vaqt va salbiy tengdoshlar taʼsiri ekanini taʼkidladi.