481 01.05.2026
Ruslan Jumamuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazining kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlari, zamonaviy axborot xizmatlari hamda kitob fondi bilan tanishdi. Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Bu borada tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputat Nukus shahridagi "Allaniyaz qaharman" mahallasida ham bo‘lib, “yettilik” vakillariga qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida maʼlumotlar berdi. “Mahalla nafaqat ijtimoiy muammolarni hal etuvchi bo‘g‘in, balki islohotlarni joylarda samarali amalga oshiruvchi ko‘prik vazifasini ham o‘taydi”, – dedi R.Jumamuratov.