Deputat “og‘ir” mahallalar muammolarini o‘rgandi


472     01.05.2026

Denov tumanining “Fayzli” mahallasida bo‘lgan Nigora Lutfullayeva avvalo yoshlar masalalariga eʼtibor qaratdi. Ajrim yoqasida turgan yosh oila vakillari bilan uchrashib, muammolarini hal etish choralarini ko‘rdi. “Og‘ir” toifaga kiritilgan mahallalar “yettiligi” vakillari bilan uchrashib, yoshlar bandligi va tadbirkorligi, jinoyatchilik masalalarida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Deputat 29-46-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham bo‘ldi va yosh avlodga milliy tarbiya va qadriyatlar ruhini singdirish borasidagi ishlar bilan tanishdi. Tuman tibbiyot birlashmasida esa birlamchi xizmatlar sifatini oshirish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, soha bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini o‘rgandi.