Deputatga qilingan murojaatlar ijobiy yechim topgan


656     04.05.2026

Shofirkon tumanida o‘rganishlar olib borayotgan Maxsud Muhammedov aholi murojaatlari bo‘yicha muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi. Jumladan, “Tezguzar” mahallasi aholisining serqatnov chorrahasiga yo‘lchiroq o‘rnatish masalasidagi murojaat ijobiy yechim topadigan bo‘ldi. Masʼullar may oyining 20 sanasiga qadar ushbu murojaat ijrosini taʼminlashga vaʼda berdi.

Deputatga bir oy oldin Alisher Navoiy mahallasidan Hovli poyon, Yuqori Yuqsun ko‘chalaridagi yaroqsiz holatga kelib qolgan beton ustunlarni almashtirish bo‘yicha murojaat bo‘lgan va o‘shanda masʼullardan bir oy ichida bajarish vaʼdasi olingan edi. Maxsud Muhammedov bu safar ushbu masala ijrosini ham joyiga borib o‘rgandi. Vaʼda bajarilgan: barcha eski simyog‘ochlar yangisiga almashtirilgan.