655 04.05.2026
Xalq bilan muloqot qilish, muammolarini o‘rganib, amaliy yordam berish, ayniqsa, deputat uchun eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Qashqadaryoning Koson tumanida o‘rganishlar olib borgan Jahongir Mamajonov ana shu talabdan kelib chiqib, mahalliy deputatlar hamrohligida “Xalqobod” mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarni ish bilan taʼminlash, ichki yo‘llar holati, ko‘cha chiroqlarini almashtirish, maishiy gazni vaqtida yetkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Qabriston yerini hujjatlashtirishda ham muammolar borligi maʼlum qilindi.
Jahongir Mamajonov ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha mahalliy deputatlar bilan maslahatlashib, ayrimlarini deputat so‘rovi, baʼzilarini esa sessiya kun tartibiga kiritish orqali hal etishga kelishdi.