“Maʼrifat ahlining vatani”


463     04.05.2026

Fraksiya muhokamasi mamlakatimiz hayoti bilan bog‘liq muhim voqelik – Prezidentning Farg‘ona viloyatiga amalga oshirgan tashrifi muhokamasi bilan boshlandi. Nodir Tilavoldiyev tashrifning partiyamiz uchun ahamiyati haqida gapirib, uning doirasida taʼlim-tarbiya, madaniyat, turizm masalalariga ham katta eʼtibor qaratilganini taʼkidladi.

– Marg‘ilonda “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasining ochilishi ulkan tarixiy voqelik bo‘ldi. Bu bilan tabarruk shahar “Maʼrifat ahlining vatani” degan tarixiy maqomini qayta tikladi va ushbu majmua vodiyning tashrif qog‘oziga aylanishi shubhasiz, – dedi deputat.