Sudning ayrim ishlari notariuslarga o‘tkaziladi


662     04.05.2026

So‘nggi yillarda sud ishlari soni yildan yilga oshib bormoqda. Bu sudyalar ish yuklamasining keskin ortishiga va sifatiga ham taʼsir ko‘rsatyapti. Misol uchun: sudlar tomonidan 2022-yilda 301 597 ta ish ko‘rilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib, 964 195 taga yetdi.

Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan sud ishlarining ayrimlarini, jumladan, BHMning bir ming baravarigacha bo‘lgan nizosiz ishlarni notariuslar tomonidan ko‘rib chiqilishi taklif etilyapti. Chunki, notariuslarning ijro xatlari sud buyruqlari bilan teng yuridik kuchga ega bo‘lgan ijro hujjati hisoblanadi.