Noqonuniy tunnellar javobgarlikka sabab bo‘ladi


694     04.05.2026

So‘nggi yillarda davlat chegarasi orqali noqonuniy inshootlar, jumladan, tunnellar qurish va ular orqali tovarlarni tashish holatlari uchrayapti. Xususan, 2016-2025 yillarda 12 ta ana shunday holat aniqlangan. Bu davrda birgina Farg‘ona va Andijon viloyatlarida tunnellar orqali 30 mlrd so‘mdan ortiq tovar olib kirilgan. Bu esa bevosita iqtisodiy xavfsizlikka tahdid solmoqda.

Endi davlat chegarasi orqali yer ostida noqonuniy tunnellar qurilgani yoxud boshqa holatlar to‘g‘risida o‘z ixtiyori bilan xabar qilgan yoki jinoyatni ochishga yordam berganlar, agar bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo‘lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Muhokamalardan so'ng bu haqidagi qonun loyihasi bir ovozdan maʼqullandi.