Otalik maqomiga ega bo‘lganlarga qo‘shimcha taʼtil


664     04.05.2026

Endi ishlayotgan erkaklar farzandli bo‘lganda turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun qisqa muddatli taʼtil berish belgilanmoqda. Birinchi o‘qishda muhokama qilingan loyiha bilan amaldagi qonunchilikka bu bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilyapti.

Shuningdek, mehnat bozorida norasmiy bandlikni kamaytirish maqsadida fuqarolarni mehnat shartnomasisiz ishga qabul qilish, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha maʼlumotlar taqdim etmaganlik, ish haqini vaqtida to‘lamaganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.