Bugun qo‘rquv bilan qabul qilinayotgan g‘oya


559     06.05.2026

Tarixchi olim Bahrom Irzayev: 

Jadidlarning bosh g‘oyasi ozod va obod, birlashgan Turkiston, Turon edi. Ular tomonidan tashkil etilgan teatrlar, gazeta va maktablar, kutubxonalargacha shu nom bilan atalardi. 

O‘sha davrda Buxoroning kichik hujralari, Samarqand va Toshkent maktablarida tor doirada muhokama qilingan bu g‘oya bugun dunyoda keng muhokama qilinmoqda. Baʼzi davlatlar bu g‘oyani qo‘rquv, tahdid sifatida qabul qilayotgani ham haqiqat.