Yoshlarimizga har jihatdan havas qilsak arziydi


660     07.05.2026

Markaziy kengash raisi Alisher Qodirovning "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari bilan ochiq muloqoti tashkil etildi. Partiya rahbari yoshlar haqida gapirib, qaysiki jamiyatda talabalar fikrlasa, harakatda bo‘lsa, tafakkur qilsa, shu jamiyatda taraqqiyot bo‘lishini taʼkidladi. Bugun Yangi O‘zbekiston yoshlariga har jihatdan havas qilsa arziydi.

Alisher Qodirov 9-may – Xotira va qadrlash kunining ahamiyati, jadid bobolarimiz nima uchun qatag‘on qilingani haqida ham gapirib, ular millat eʼtiqodi, quvvati va qudrati bo‘lganini taʼkidladi. "Mustamlaka kuchga esa, ziyolilar, erkin fikrlaydigan, xalqni uyg‘otadigan millat oydinlari kerak emas edi", – dedi partiya yetakchisi.