Deputat tashabbusi bilan hunarmandchilik uyi ochildi


481     08.05.2026

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, O'zbekiston Xalq ustasi Abdullo Narzullayev tashabbusi bilan Toshkent shahrida "Risola" hunarmandchilik uyi tashkil qilindi. Ma'lum qilinishicha, mazkur hunarmandchilik uyida an'anaviy kulolchilik maktabi, kulolchilik muzeyi, gilam to‘qish va kashtachilik ustaxonasi, G‘ijduvon kulolchiligi galereyasi o'rin olgan.

Narzullayevlar sulolasi vakillari bilan bo'lgan suhbatda partiya Markaziy kengashi vakillari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirok etib, Milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, qadriyatlarni saqlash va boyitish "Milliy tiklanish"ning eng ustuvor vazifalaridan biri ekanligi ta'kidlandi.