9-mayga siyosiy tus berilmasligi kerak!


483     12.05.2026

Fraksiya yig‘ilishi 9-may – Xotira va qadrlash kunining ahamiyati muhokamasi bilan boshlandi. Bu kun dunyoda fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba sifatida nishonlansada, O‘zbekistonda qadriyatlarimizdan kelib chiqib, yurtimiz ozodligi uchun kurashgan vatandoshlarimiz, dunyodan o‘tgan ajdodlarimizni eslash, nuroniy otaxon va onaxonlarimizni qadrlash kuni sifatida nishonlanadi.

– "Milliy tiklanish" bu boradagi barcha saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga ushbu sanaga siyosiy tus berilishiga qarshi, – dedi Alisher Qodirov.