Oliy taʼlimda imtiyoz bo‘lmasligi kerak!


570     12.05.2026

Deputatlar harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq qonun loyihasining harbiylar farzandlariga o‘qishga kirishida imtiyoz berish bilan bog‘liq normaga eʼtiroz bildirdi.

Bekmirza Eshmirzayev: Biz harbiylar farzandlari ijtimoiy himoyasiga qarshi emasmiz. Lekin malakali kadrlar tayyorlash nuqtai nazaridan harbiylar farzandlari o‘z kuchi, yaʼni iqtidori bilan o‘qishga kirganidan so‘nggina qo‘llab-quvvatlash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki oliy taʼlimda hech qanday imtiyoz bo‘lmasligi kerak!