611 12.05.2026
Endi Bola huquqlari bo‘yicha vakil – Bolalar ombudsmanining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda. Dilnoza Azizova qonun loyihasiga munosabat bildirib, ombudsmanning biron ish yuzasidan prokuraturaga iltimosnoma bilan murojaat qilishiga eʼtiroz bildirdi.
– Bolalar ombudsmani Oliy Majlis qoshidagi organ hisoblanadi. Shu maʼnoda, Bolalar ombudsmani to‘la mustaqil bo‘lishi kerak va u prokuratura eshigi oldida turmasligi kerak, – dedi deputat.