Davlat fuqarolik xizmatchilariga yangi imtiyoz


482     12.05.2026

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchilari davlat granti asosida xorijdagi nufuzli taʼlim muassasalariga o‘qishga ketsa, mehnat shartnomasi bekor qilinadi va bu bir qator muammolarni keltirib chiqaryapti. Xususan, o‘qib qaytgan xizmatchining eski ish joyiga bo‘lgan ishtiyoqini so‘ndirmoqda. Natijada sohada kadrlar qo‘nimsizligi paydo bo‘lmoqda.

Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan xorijiy tajribadan kelib chiqib, bunday xizmatchilarning ish joyidagi lavozimini saqlash va tahsil olish davrini mehnat stajiga qo‘shish taklif etilmoqda.