679 14.05.2026
Toshkent davlat yuridik universitetida “karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda partiyaning Toshkent shahar va Toshkent viloyati Kengashlari vakillari, 20 dan ziyod vazirlik va idoralar, advokat va notarial palatalar, shuningdek, xususiy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Yarmarkada talabalar bevosita ish beruvchilar bilan uchrashib, o‘zlarini sinab ko‘rish, savollariga javob olish va kelajakdagi ish faoliyati uchun aloqalar o‘rnatish, eng muhimi, o‘z “rezyume”larini topshirib, dastlabki suhbatlardan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.