730 15.05.2026
Kuni kecha Usmon Azimning “Xalk so‘zi” gazetasida eʼlon qilingan “Riyosiz so‘zlar” maqolasini o‘qib, unda Yangi O‘zbekistonda kechayotgan tarixiy o‘zgarishlar va xalqimiz qalbidagi ko‘tarinki kayfiyat yorqin namoyon bo‘lganini xis etdim.
Ayniqsa, muallif tomonidan kechagi va bugungi hayot o‘rtasidagi farqning hayotiy misollar orqali ochib berilgani har bir o‘quvchini to‘lqinlantirishi tabiiy. Chunki maqolada tilga olingan fikrlar ortida mamlakatimizda qaror topayotgan erkinlik muhiti, adolat tamoyili va xalq bilan davlat o‘rtasidagi mustahkam ishonch mujassam.
Haqiqatan ham, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan islohotlar mamlakat hayotining barcha sohasini qamrab oldi. Eng muhimi, odamlarning ongi va kayfiyati o‘zgardi. Ilgari jamiyatda qo‘rquv, yopiqlik hamda maʼmuriy bosim ustun bo‘lsa, bugun ochiqlik, muloqot va adolat tamoyillari hayotimizga chuqur kirib kelmoqda. Inson manfaati davlat siyosatining bosh mezoniga aylandi. Fuqarolarning erkin mehnat qilishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, mulkdor bo‘lishi, tashabbus ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Mamlakatimizdagi o‘zgarishlar nafaqat bizni, balki xorijiy davlatlardagi do‘stlarimizni ham hayratga solmoqda. Yangi O‘zbekistonning har bir go‘shasida, turli sohalarda amalga oshi- rilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy natijalar bugun dunyo hamjamiyati tomonidan tez-tez eʼtirof etilishi yangilik bo‘lmay qoldi.
Bu o‘zgarishlarni, avvalo, hududlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Xususan, Surxondaryo viloyati keyingi yillarda mamlakatimizdagi jadal rivojlanayotgan hududlardan biriga aylandi. Bugun viloyatda sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik va investitsiya sohalarida yuqori o‘sish surʼatlari kuzatilmoqda. Rasmiy statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 2025-yil yakunlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati yalpi hududiy mahsuloti 106,6 foizga o‘sgan, sanoat ishlab chiqarishi 109,3 foizni, xizmatlar sohasi 114,1 foizni tashkil etgan. Asosiy kapitalga uchun yaratilgan imkoniyatlar turibdi. Bugun Termiz, Denov, Sherobod, Boysun va boshqa hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari Surxondaryoni mutlaqo yangi qiyofaga olib chiqmoqda.
Qonunchilik palatasining Surxondaryodan saylangan deputati sifatida parlament faoliyatida ishtirok etar ekanman, davlatimiz rahbari boshlagan islohotlar barcha sohani qamrab olayotgani va chuqur kirib borayotganiga har kuni guvoh bo‘lmoqdaman. Parlamentda qabul qilinayotgan qonunlar, avvalo, inson manfaatiga, hududlarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy adolat va ochiqlikni taʼminlashga xizmat qilmoqda. Xalq bilan muloqot va joylardagi muammolarni hal etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ilgari odamlar yillab yechim topolmagan muammolar bugun ochiq muhokama qilinib, aniq choralar ko‘rilmoqda.
Bugun Yangi O‘zbekiston — bu shunchaki shior emas, balki xalq hayotiga kirib kelgan yangi tafakkur, yangi muhit va yangi imkoniyatlar. Ana shu islohotlarning markazida esa inson qadri, adolat va farovonlik g‘oyasi turibdi. Bu tamoyillar mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqmoqda, xalqimizning ertangi kunga ishonchini mustahkamlayotir.
Nigora LUTFULLAYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
“Xalq so‘zi” gazetasining 2026-yil 14-may sonidan olindi