554 15.05.2026
Partiyaning Qashqadaryo viloyat Kengashi hamda bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida Kitob tumanida “Milliy xalq o‘yinlari” festivali bo‘lib o‘tdi. 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirni tashkil etishdan maqsad oila institutini mustahkamlash, ular qalbiga milliy qadriyatlar va urf-odatlarimizga hurmat tuyg‘usini singdirish, vatanparvarlik hissini kuchaytirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat.
Festivalda tumandagi Makrid, Zarafshon, Navro‘z, Ayoqchi hamda Qashqadaryo mahallalari yoshlari ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Albatta, faol yoshlar viloyat Kengashi tomonidan munosib taqdirlandi