477 15.05.2026
Markaziy kengashda “Siyosatning zamonaviy qiyofasi: BIOSIYOSAT” nomli ilmiy kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Muallif, yosh siyosatshunos kitob haqida gapirib, unda zamonaviy siyosatning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan biosiyosat masalalari tahlil qilingani taʼkidlandi. Chunki bugungi global jarayonlar siyosat endilikda faqat iqtisodiy yoki geosiyosiy manfaatlar bilan emas, balki inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanat bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak.
Taʼkidlash lozim, partiyaning "Yoshlar qanoti" nafaqat yoshlarning kitobxonlikka, mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, balki ularni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z tengdoshlarining mualliflik kitoblari taqdimotini ham o‘tkazyapti.