O‘zbekistonning tinchlikparvar siyosati


488     18.05.2026

Fraksiya yig‘ilishi Prezidentning Turkiston shahrida o‘tkan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitidagi ishtiroki masalasi muhokamasi bilan boshlandi. Global tezkor o‘zgarishlar davrida O‘zbekistonning tinchlikparvar, hamkorlikda rivojlanish siyosati nafaqat Markaziy Osiyo, Turkiy davlatlar o‘rtasidagi tarixiy rishtalarni tiklash va kengaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda va bu Turkiston sammitida yana bir bor o‘z isbotini topdi.

– Partiyamiz o‘z g‘oyalaridan kelib chiqib, tarixi, azaliy qadriyat va anʼanalari mushtarak bo‘lgan Turkiy davlatlar hamkorligini va bu boradagi har qanday saʼy-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.