Tadbirkorlarga navbatdagi soliq imtiyozi


476     18.05.2026

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan yoki ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari berilishi bilan bog‘liq qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ham maʼqullandi. Bunda yuridik shaxslarga ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash, YATTga esa hisoblamaslik taklif etilyapti. Kamida 4 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsni ishga olgan yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ham ozod etiladi.

Shuningdek, shaxsni nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.