475 18.05.2026
Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpo‘latovga avtomobil yo‘llariga o‘rnatilgan foto va videoqayd etish texnikalarining samaradorligi bilan bog‘liq masalada Parlament so‘rovi yuborilgan edi. Yig‘ilishda ushbu so‘rovga kelgan javob xati ham muhokama qilindi.
Unda maʼlum qilinishicha, hozirgi kunda respublika bo‘yicha jami 5425 ta foto va video qayd etish texnikalari o‘rnatilgan bo‘lib, ularning yordami bilan joriy yilning 4 oyida yo‘l-transport hodisalari soni 17,7 foizga kamaydi.