473 22.05.2026
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilganiga 8 yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan bayram tadbiri hamda “Globallashuv sharoitida yoshlarning ijtimoiy faolligi, siyosiy tafakkuri va psixologik rivojlanishi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etgan Markaziy kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova so‘zga chiqib, mamlakatimizda jurnalistika sohasida yetuk kadrlar tayyorlashda O‘zJOKUning alohida o‘rni borligini va taʼlim maskanida buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganini taʼkidladi. "Jurnalistika shunday kasbki, u barcha sohalardan xabardor bo‘lishi, doimo zamon bilan hamnafas yurishi, eng muhimi, har qanday vaziyatda xolis bo‘lishi juda muhim sanaladi", – dedi Feruza Muhammedjanova.