565 25.05.2026
Fraksiya yig‘ilishi Prezidentimizning Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan qabul qilgan qarori muhokamasi bilan boshlandi. Ushbu muhim sana xalqimizning mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik va saxovat kabi ezgu fazilatlarini yanada mustahkamlovchi eng ulug‘ va muborak bayram.
– "Milliy tiklanish" partiyasi o‘z g‘oyalaridan kelib chiqib, xalqimizning qadriyatlarini himoya qiluvchi, mustahkamlovchi bunday bayramlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.