510 25.05.2026
Bozorga olib kirilayotgan nooziq-ovqat mahsulotlarining inson hayoti va sog‘lig‘i hamda atrof-muhitga zarar yetkazmasligini taʼminlashga qaratilgan “Bozor nazorati to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Farhod Zayniyev loyiha bilan hunarmandchilik mahsulotlari ham bozor nazoratiga kiritilayotganiga eʼtiroz bildirdi. Deputatning taʼkidlashicha, hunarmandchilik mahsulotlari sanoat mahsuloti emas, u inson tafakkuri namunasi hisoblanadi. Berilayotgan taklif esa hunarmandchilik rivojiga to'sqinlik qiladi.