Yalpi ichki mahsulot 7,7 foizga o‘sdi


688     01.06.2026

Fraksiya yig‘ilishi Davlat byudjetining 2025-yildagi ijrosi muhokamasi bilan boshlandi. 

Taʼkidlanganidek, dunyodagi geosiyosiy ziddiyatlarga qaramay mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli va izchil islohotlar natijasida o‘tgan yili YAIM 7,7 foizga o‘sib, 1849,7 trln so‘mga yetdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi 48,8 mln so‘mni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan real hisobda 5,6 foizga oshdi.