"Milliy tiklanish" taklifi qabul qilindi


597     01.06.2026

Yig‘ilishda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi bilan bog‘liq qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi. 

Tashabbuskorlarning qayd etishicha, loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlashda "Milliy tiklanish" fraksiyasining taklifi inobatga olindi. Yaʼni, xalqaro markazda hujjatlar faqat ingliz tilida emas, talabga qarab davlat tilida ham yuritiladi. Va bu bo‘yicha tegishli tashkilotga vakolat ham berilmoqda.