861 02.06.2026
O‘quv, tadqiqot va tahlil markazi tomonidan ochiq eshiklar kuni tashkil etilmoqda. Maqsad: markaz qoshidagi "Siyosiy jarayonlar" tahlil klubiga faol, intellektual va tashabbuskor, yurtimiz va xalqaro maydonda kechayotgan siyosiy jarayonlarga qiziqadigan yoshlarni jalb etishdir. Bunday amaliyot klub faoliyati bilan yaqindan tanishish, maqsad va vazifalari, istiqboldagi rejalari hamda tahliliy va tadqiqot loyihalari haqida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi.
Saralash jarayonida siyosiy tahlilga qiziqadigan, tadqiqot olib borishga intiladigan, dolzarb voqea-hodisalarga nisbatan mustaqil va asosli qarashlarni shakllantirishga harakat qiladigan yoshlar tanlab olinadi. Ishtirokchilar ekspert va olimlar, tadqiqotchi va soha mutaxassislari bilan muloqot qilish, tajriba almashish hamda amaliy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.