Soha vakillarining o‘rni har qachongidan ham muhim


1009     08.06.2026

Fraksiya yig‘ilishi Prezidentning madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvi muhokamasi bilan boshlandi. Fraksiya rahbari ushbu uchrashuvning muhimligi haqida gapirib, O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga o‘tayotgani va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar targ‘iboti hamda xalqimiz ma’naviyati, yoshlar tarbiyasini mustahkamlashda ushbu soha vakillarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.  

– Uchrashuvda ana shunday ehtiyojdan kelib chiqib, madaniyat va san’at sohasi vakillari oldida bir qator vazifalar belgilandi, – dedi Alisher Qodirov.