"Milliy tiklanish" tashabbusi bilan yangi amaliyot boshlandi


876     08.06.2026

Keyingi yillarda qonunchilik hujjatlarida qo‘llanilgan ayrim tushuncha va yuridik atamalarni davlat tilida yagona shaklda bayon qilish zarurati yuzaga kelmoqda. Jumladan, 13 ta qonun hujjatlarining o‘zbek tili matnida 7 ta chet tillarga oid so‘z va atamalar aniqlandi.

Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan loyiha bilan qonun hujjatlaridagi ana shu so‘zlar o‘zbek tilidagi matni bilan almashtirilmoqda. Aslida o’zbekcha so’zlar qo’llash amaliyoti "Milliy tiklanish" tashabbusi bilan avvalroq boshlangan edi.