14 yil oldin qabul qilingan qonun o‘zgarmoqda


557     08.06.2026

Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq 2012-yilda qabul qilingan qonun bugungi kun talabiga javob bermay qoldi. Chunki tadbirkorlikka e’tibor tubdan o‘zgardi. Biroq sohadagi o‘zgarishlar bugun amaldagi qonunda emas, qonunosti hujjatlarida aks ettirilmoqda. Shu bois, sohani huquqiy jihatdan tartibga solishning zamonaviy talablaridan kelib chiqib bo‘shliqlarni to‘ldirish zaruriyati paydo bo‘ldi.

Fraksiyada shu maqsadda ishlab chiqilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilinib, ma’qullandi.