Ma’lumki, “Milliy tiklanish” partiyasi dasturiy vazifalaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda “Otalar kuni”ni ijtimoiy bayram sifatida nishonlashni taklif qilib kelmoqda. Bu borada tadqiqot va so‘rovnomalar o‘tkazish, xorijiy tajribani o‘rganish va yakunda Mehnat kodeksi hamda “O‘zbekiston Respublikasida bayram kunlari to‘g‘risida”gi qonunga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish taklifini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Yaqinda partiya tomonidan ijtimoiy ilm tarmoq orqali ushbu masalada so‘rov o‘tkazidi. Unda ishtirok etgan 10 mingga yaqin “respondent”ning aksariyati – 72 foizi bu taklifni qo‘llab-quvvatlagan. 10 foizi esa bu bayramning ijtimoiy ahamiyatini chuqurroq o‘rganish lozim degan fikrni ilgari surgan. 3 foiz ishtirokchi bu borada aniq fikr bildira olmasligini, 17 foizi qarshi fikr bildirib, otaga ehtirom bir kunlik emas, kundalik qadriyatga aylanishi kerak, degan mazmundagi fikrni yoqlagan.