566 10.06.2026
Mukarram Nurmatova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari:
"Milliy tiklanish"ning bu tashabbusi, shubhasiz, bugungi kunning oila bilan bog‘liq eng og‘riqli masalalarini yechishga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda jamiyatimizda oilaviy muammolarning ko‘payib ketgani ham aynan oilada erkaklarning o‘rni kamayib ketgani bilan bog‘liq va shu jihatdan partiyaning taklifini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlayman.
Ayol oilada muhitni yaratadi. Lekin erkak asosiy rolni o‘ynaydi va bu qadriyat darajasiga ko‘tarilgan.