To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi


873     11.06.2026

“Milliy tiklanish” tomonidan ushbu mavzuda tadbir tashkil etilayotgani bejiz emas. Partiyaning Saylovoldi dasturida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, tibbiy madaniyatni yuksaltirish, bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi uchun zarur sharoitlarni kengaytirish, geni o‘zgartirilmagan mahsulotlarni ommalashtirish hamda sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini hayotga keng joriy etishga qaratilgan qator vazifalar belgilangan.
 
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, inson salomatligining 50 foizi uning hayot tarzi odatlariga, jumladan, ovqatlanishiga, 10 foizi tibbiyotga, qolgani esa tashqi ta’sir va nasliga bog‘liq ekan. Organizm me’yorida faoliyat ko‘rsatishi uchun 600 dan ortiq ozuqalar kerak bo‘ladi.