O'zbekistonda organik yod yaratish boshlangan


674     11.06.2026

Shukrona SAIDOVA, Tibbiyot fanlari nomzodi, "Funksional oziq-ovqatlar kombinati" direktori:

Ovqat inson organizmi yoqilg‘isi hisoblanadi. Salomatlikda funksional, ya’ni kasalliklarning oldini olish va sog‘liqni mustahkamlashga xizmat qiladigan tabiiy yoki boyitilgan mahsulotlar o‘rni juda muhim. Ayniqsa, organik yodning. Dunyoda qariyb 100 ga yaqin davlatda yod muammosi faqat osh tuzini yodlash orqali hal etiladi.

O‘zbekistonda esa birinchi marta "Funksional oziq-ovqatlar kombinati" tashkil etildi. Korxonada yod muammosi faqat osh tuzi orqali emas, xalqimiz ko‘p iste’mol qiladigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ham yodlab ishlab chiqarilmoqda. Bunday mahsulotlar esa dunyoning sanoqli davlatlarida ishlab chiqariladi, xolos.