664 15.06.2026
Fraksiya yig‘ilishi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati natijalari va rejalari taqdimoti muhokamasi bilan boshlandi. Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda milliy o‘zlikni anglash, boy tarixiy-ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganish, keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi ana shu yo‘nalishdagi muhim amaliy ishlardan biri bo‘ldi.
– Xalqimizning markazga bo‘lgan qiziqishi ham katta bo‘lmoqda. Buning isbotini 2,5 oyda markazga yarim million nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar tashrif buyurganidan ham ko‘rish mumkin, – dedi fraksiya rahbari o‘rinbosari Nodirbek Tilavoldiyev.