Suvchilar javobgarligi yanada kuchaytirilmoqda


875     15.06.2026

Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun bilan suv va suv bilan bog‘liq talablarni buzganlik uchun javobgarlik choralari yanada kuchaytirilmoqda. Ya’ni, bu bo'yicha javobgar shaxslar ro‘yxati kengaytiriladi. 

– So‘nggi 3 yilda belgilangan me’yorlardan yuqori darajada ifloslangan oqova suvlarni chiqarayotgan korxonalar soni 60 foizga oshgani bu boradagi javobgarlikni yanada kuchaytirish ehtiyojini paydo qilmoqda, – dedi fraksiya a’zosi Maxsud Muhammedov.