678 15.06.2026
So‘nggi yillarda yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan oziq-ovqat ishlab chiqarish va sotish holatlari ko‘paymoqda va bu iste'molchilar e’tiroziga sabab bo‘lyapti. Tashabbuskorlarning qayd etishicha, bunga belgilangan jarima miqdori kamligi ham sabab bo‘lyapti. Birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan nafaqat ishlab chiqaruvchilarga, balki sotuvchilarga nisbatan ham jarima oshirilmoqda.
Davron ARIPOV: jarimani oshirish bilan natijaga erishib bo‘lmaydi. Masala inson hayoti bilan bog‘liq ekan, bu boradagi talablarni buzganlar nafaqat ma’muriy jazoga, jinoiy javobgarlikka ham tortilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.