1015 16.06.2026
Turkiyaning Hatay viloyatida “O‘zbekiston” mahallasi, Imom Buxoriy jome masjidi, Shavkat Mirziyoyev bulvari va Toshkent, Samarqand ko‘chalari ochildi.
Hatayda 600 yilda bir takrorlangan yer silkinishi 40 mingga yaqin inson hayotiga zomin bo‘ldi. Qondoshlar og‘ir kunda bilinadi, O‘zbekiston qondosh Turkiyaga birinchilardan bo‘lib yordamga yetib borganiga minnatdorlik ramzi bo‘lgan joylarni nomlangani haqidagi qayd hujjatlari Turkiya Buyuk Millat majlisi raisi Numan Kurtulmush va Hatay viloyati xokimi Mustafa Masatli tomonidan tantanali tadbir bilan topshirildi.
Alisher QODIROV,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi rahbari