Qoraqalpog‘istonlik hunarmandlar uchun yangi loyiha boshlandi


569     16.06.2026

Mamlakatimizda hunarmandchilik mahsulotlari onlayn savdosi rivojlanayotgan bo‘lsada, barcha ham bundan samarali foydalanyapti deb bo‘lmaydi. Avvalo, bu borada hunarmandlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish muhim hisoblanadi. Ana shunday ehtiyojdan kelib chiqib, Nukusda qoraqalpog‘istonlik hunarmandlar uchun O‘quv, tadqiqot va tahlil markazining “Rizq” loyihasi boshlandi.

– Bunday tadbir bejiz “Milliy tiklanish” tomonidan tashkillashtirilayotgani yo‘q. Partiyamiz uchun qadriyatlar va boy madaniy merosimiz himoyachilari – hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Soha vakillarini onlayn savdo bilan bog‘liq bilimlarini oshirish ham ana shu yo‘ldagi muhim tadbirlardan biridir, – dedi markaz direktori Nargiza Hamidova.