Bugun ishlab chiqaruvchilar elektron savdosiz rivojlana olmaydi


586     16.06.2026

O‘zbekistonda ham elektron tijorat bozori jadal rivojlanmoqda va bunda hunarmandchilik mahsulotlari onlayn savdosi alohida ahamiyatga ega. “Chust Do‘ppi”, “Adras of Margilan”, “Karakul Fur”, “Rishtan Ceramics” kabi milliy brendlar dunyoga keng yoyilmoqda va internet do‘konlari hamda xalqaro savdo platformalari orqali shu kungacha 1,5 mln dollarlik mahsulot xorijga eksport qilindi.

O‘quv-seminarda milliy brendlar va xalqaro darajadagi elektron savdo do‘konlari haqida ham ma’lumotlar berildi. Bugun har qanday ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlarini internet yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilmas ekan, rivojlana olmaydi. Bunday o‘quv-seminarlar esa ana shunday masalalarni hal qilishda, o‘z elektron sahiflarini ochib, mustaqil faoliyat yuritishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.