Ayollar sportida “Milliy tiklanish” izi


1022     17.06.2026

Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida “Sport bilan baxtli hayot sari!” shiori ostida o‘tgan “Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi”ning respublika bosqichida "Milliy tiklanish" vakillari ham ishtirok etdi. G‘oliblarni taqdirlash marosimida Markaziy kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova ham qatnashdi.

Feruza Muhammedjanova: “Partiyamizning saylovoldi dasturida xotin-qizlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlarni yaxshilash, milliy olimpiya o‘yinlarini rivojlantirish bo‘yicha ham tashabbuslar ilgari surilgan. Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, jamoamiz bilan “Besh ming qadam” marafonida ishtirok etdik. Bunday musobaqalar milliy g‘oya, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi”