475 17.06.2026
Bugun mahalliy Kengashlarga juda katta vakolatlar, mahalliy byudjetni nazorat qilish va ijro hokimiyatidan hisobot talab qilish huquqi berilgan. Bu imkoniyatlardan mahalliy Kengashlar qay darajada foydalana olyapti? Nukusda tashkil etilgan o'quv-seminarda anashu masalalar muhokama qilinmoqda.
"Mahalliy Kengash deputatlarining asosiy vasifasi faqat qaror qabul qilish emas, balki saylovchilar bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammolarini o'rganish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topishdan iborat" - dedi O'quv, tadqiqot va tahlil markazi direktori Nargiza Hamidova.