Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholini qiynayotgan muammolarning oʼz vaqtida aniqlanishi va ularning samarali yechimi koʼp jihatdan qonunchilik va vakillik organlari faoliyati uygʼunligiga bogʼliq.
Parlament va mahalliy vakillik organlari oʼrtasidagi samarali hamkorlik demokratik boshqaruvning muhim sharti hisoblanadi. Hududiy muammolarni qonunchilik asosida hal etish, avvalo, xalq manfaatlarini taʼminlashga, davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga hamda mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi.