Zarur ko'nikma bo'lmasa saʼy-harakatlar kutilgan samarani bermaydi


679     17.06.2026

Deputatning professional kompetentligi — bu oʼz vazifalarini samarali bajarish uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va tajribalar majmuasi. U doimiy ravishda oʼz ustida ishlashi, zamonaviy oʼzgarishlarga moslashishi, innovatsion yondashuvlarni qabul qilishi hamda shaxsiy va kasbiy salohiyatini muntazam rivojlantirib borishi kerak. 

Deputat oʼz professional mahoratini oshirish zarurligini anglab yetmas ekan, aholi manfaatlarini himoya qilish va hudud muammolarini hal etishga qaratilgan saʼy-harakatlar kutilgan samarani bermaydi.

Ulug'bek Jalmenov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati