Surxondaryolik talabalar “Milliy tiklanish”ga ovoz beradi


127     05.10.2024

   Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga ko‘rsatilgan nomzodlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

   "Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori ostida o‘tgan tadbirda nomzodlar saylovchilarni partiya hamda o‘zlarining saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

   – Partiya dasturidagi talaba onalarning farzandlari uchun oliy taʼlim muassasalarida maxsus bolalar xonalari yoki bog‘chalar tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatlayman, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan Madina Xolyorova. – Bu taklif amalga oshsa, ayollarimiz orasida taʼlim olish istagida bo‘lganlar yanada ko‘payardi. Chunki oilali dugonalarim orasida bolasiga qarovchi yo‘qligi sabab, o‘qishini davom ettira olmayotganlari bor. Shu bois, men “Milliy tiklanish” partiyasi va undan ko‘rsatilgan nomzodlarga ovoz beraman, dugonalarmni ham shunga chaqiraman.