Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim tashabbus


862     22.06.2026

Partiyaning Andijon, Buxoro hamda Farg‘ona viloyatlari Kengashlari tomonidan “Otalar kuni”ni ijtimoiy bayram sifatida joriy etish tashabbusi doirasida jamoatchilik eshituvi tashkil etildi. Maqsad: oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, otalik mas’uliyatini oshirish va sog‘lom oila muhitini shakllantirishdir.

Ta’kidlanganidek, oila inson kamolotining ilk maskani bo‘lib, unda mehr-oqibat, qadriyatlar, odob-axloq va vatanparvarlik tuyg‘ulari shakllanadi. Bu jarayonda ota shaxsi oila tayanchi, farzand uchun ibrat maktabi, mas’uliyat va jasorat timsoli hisoblanadi. Shu jihatdan, ota mavqeining mustahkamligi oiladagi sog‘lom muhit, farzandlar tarbiyasi va jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.